23:43 / 17.07.2021
3 476

Toshkentda 4 nafar "GAI" xodimi "Isuzu" haydovchisini urdimi?


Ijtimoiy tarmoqda «4 nafar GAI xodimlari meni urdi» sarlavhasi ostida tarqalgan video lavha yuzasidan YHXBB ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 14 iyul kuni soat 16:00larda Toshkent shahar IIBB YHXB YPX inspektorlari I.Tashmatov va S.Begmatovlar "A.Turbanov" YPX maskanida xizmat olib borayotgan vaqtda "ISUZU" rusumli yuk avtomashinasi haydovchisi xodimlarning to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmay harakatda davom etgan.

Ko‘rilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida transport vositasi to‘xtatilgan va tekshirish davomida haydovchining hujjatlari to‘liq emasligi aniqlangan.

Haydovchiga O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 135, 194-moddalariga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomashina jarima maydoniga joylashtirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda 4 nafar "GAI" xodimi "Isuzu" haydovchisini urdimi?