Terlab turgan odamning keskin sovishi immunitetning yomonlashuviga olib kelishi mumkin. Bu haqda Moskva sog‘liqni saqlash departamenti mutaxassisi Andrey Tyajelnikov so‘zlab berdi.
Uning ta’kidlashicha, terlab turgan odam uchun haroratning keskin o‘zgarishi uning organizmini stressga olib kelishi mumkin. Bu stress badandagi nam darhol sovishi oqibatida keskinlashadi.
Shu sababli konditsionerlardan foydalanishda ehtiyot bo‘lish lozim. Mashina ichida haroratni konditsionerning birdaniga juda sovuq harorat rejimiga qo‘ymay, sekin-asta sovitish lozim.
Mutaxassis shamolli ob-havoda sayr qilishdan saqlanish va iloji boricha 25 darajagacha haroratda qolishni tavsiya qilgan. Shifokor badanni sovitishning eng samarali usuli sifatida dush qabul qilishni va shu bilan birgalikda u dush sovuq bo‘lmasligi kerakligidan ogohlantirgan.
Dushni kuniga iloji boricha bir necha marta qabul qilish lozim. Dush yoqimsiz ter hididan, badandagi ortiqcha yog‘ va changdan xalos bo‘lishga, teri teshikchalarining tozalanishiga yordam beradi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi