10:10 / 19.07.2021
3 814

Buxoroda 60 yoshli ayol o‘z uyida fohishaxona tashkil qilgani aniqlandi


Buxoro viloyatining Jondor tumanida o‘z uyida fohishaxona tashkil qilgan ayolga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Jondor tumani ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda 60 yoshli ayol o‘z uyida 50 ming so‘m evaziga bir ayol va bir erkakning jinsiy aloqa qilishi uchun barcha shart-sharoit yaratib berib, fohishaxona saqlash jinoyatini sodir qilgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan tuman ichki ishlar bo‘limi tomonidan ayolga nisbatan Jinoyat kodeksining 131-moddasi 2-qismi (qo‘shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ushbu jinoyatni sodir etishda aybdor deb topilgan shaxs BHMning 50 baravaridan 75 baravarigacha (12 million 250 ming so‘mdan 18 million 375 ming so‘m) miqdorda jarima yoki 360 soatdan 480 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Buxoroda 60 yoshli ayol o‘z uyida fohishaxona tashkil qilgani aniqlandi