Farg‘onadagi yong‘in bo‘yicha FVB rasmiy ma’lumot berdi

Farg‘onadagi yong‘in bo‘yicha FVB rasmiy ma’lumot berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona shahridagi ko‘p qavatli uy tom qismida yong‘in sodir bo‘lgani aks etgan videolar tarqaldi. Holat yuzasidan Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, 4 iyul kuni soat 21:11 da Farg‘ona shahri Ahmad Yassaviy ko‘chasi, 37-A uyda joylashgan binoda yong‘in sodir bo‘layotgani haqida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan.

Voqea joyiga zudlik bilan yetib borgan yong‘in-qutqaruv ekipajlari tekshiruv davomida umumiy ovqatlanish shoxobchasining tutun chiqarish yo‘lining ichki qismida qizish yuzaga kelgani va shu sababli alanga paydo bo‘lganini aniqlagan.

Mutasaddilar ma’lumotiga ko‘ra, hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan. Shuningdek, yong‘in ko‘p qavatli turar joy binosiga zarar yetkazmagan.

Hozirda hodisa yuzasidan tegishli tartibda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar