Suxrob Xamdamov “El-yurt fidokori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

Xonanda Suxrob Xamdamov muxlislari bilan quvonchli xabarni bo‘lishdi. San’atkor 5 iyul kuni “El-yurt fidokori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganini o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali ma’lum qildi.
Xonanda ushbu mukofotni o‘zi uchun katta sharaf va mas’uliyat sifatida qabul qilganini bildirib, samimiy minnatdorlik izhor etdi.
“05.07.2026. Yetkazganiga shukur! 'El-yurt fidokori' mukofotiga loyiq ko‘rishganiga katta rahmat. Bunday e’tibordan juda ham xursand bo‘ldim. Ilohim, bundan keyin ham shunday mukofotlarga munosib bo‘lib yurish nasib qilsin. Men bilan birga unvon olgan barcha hamkasblarimni ham chin dildan tabriklayman va ularga ulkan zafarlar tilayman,” — deb yozdi Suxrob Xamdamov.
Xonandaning ushbu posti qisqa vaqt ichida muxlislar va san’at ixlosmandlarining e’tiborini tortdi. Izohlarda uni yangi mukofoti bilan tabriklayotganlar soni tobora ortib bormoqda. Ko‘pchilik san’atkorga mustahkam sog‘liq, ijodiy parvoz va yangi muvaffaqiyatlar tilab, uning o‘zbek san’atiga qo‘shayotgan hissasini yuqori baholamoqda.
Mazkur mukofot Suxrob Xamdamovning ko‘p yillik ijodi, san’atga bo‘lgan sadoqati va fidokorona mehnatining yana bir e’tirofi sifatida baholanmoqda.































Izohlar 0
…