22:52 / 19.07.2021
3 479

To‘ylar bo‘yicha 50 kishilik cheklov 20 iyuldan kuchga kiradigan bo‘ldi


20 iyuldan kafe va restoranlar uchun karantin kuchaytirilishi barobarida, xuddi shu sanadan lar faoliyatiga ham yangi cheklov joriy etilmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi xabariga ko‘ra, 20 iyuldan agar to‘yxonalar (restoranlar)da oilaviy tantana, to‘y, ma’raka va marosimlarni ochiq havoda o‘tkazish imkoni bo‘lmagan taqdirda, ularni 50 kishidan ko‘p bo‘lmagan mehmonlar ishtirokidagina o‘tkazishga ruxsat beriladi.

Bunda sanitariya va gigiyena talablariga qat’iy rioya etish talab etiladi. Ruxsat etilgan 50 kishi – yaqin qarindoshlar va shu tuman hududida istiqomat qiluvchi boshqa qarindoshlardan iborat bo‘lishi lozim.

Eslatib o‘tamiz, Maxsus komissiyaning avvalgi qaroriga ko‘ra, to‘y va boshqa marosimlar uchun 50 kishigacha bo‘lgan cheklov 1 avgustdan kuchga kirishi belgilangan edi.

Koronavirus tarqalishi tezlashayotgani tufayli, shuningdek:
— 20 iyuldagi Qurbon hayiti namozi bekor qilinib, o‘rniga uyda Zuho namozini o‘qish tavsiya etildi;
— juma namozlari vaqtincha to‘xtatildi;
— litseylarga qabul imtihonlari sentabrga qoldirildi;
— 28 iyundan boshlab umumiy ovqatlanish ob’ektlari soat 08:00dan 20:00gacha, 20 iyuldan boshlab esa shu vaqt oralig‘ida faqat ochiq maydonlarda ishlashi mumkinligi belgilandi; taom yetkazib berish xizmatlarining ish vaqti 8:00dan 23:00gacha etib cheklandi;
— 14 xil toifadagi fuqarolar koronavirusga qarshi emlanishi shart deb e’lon qilindi;
— 6 iyuldan boshlab mamlakatda ommaviy tadbirlar, xususan konsert, teatr va kino tomoshalari to‘xtatilgan, sport musobaqalari muxlislarsiz o‘tkazilishi mumkin;
— 23 iyundan boshlab, avtobus haydovchilari va metro kuzatuvchilari niqobsiz shaxslarni transport vositalari saloniga chiqarmasligi kerak.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » To‘ylar bo‘yicha 50 kishilik cheklov 20 iyuldan kuchga kiradigan bo‘ldi