Rishtonda 160 mln. so‘m aliment undirildi

Rishtonda 160 mln. so‘m aliment undirildi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Rishton tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan I.Ismoilovdan undiruvchi O.Ismoilova foydasiga 2 nafar farzandlari moddiy ta’minoti uchun aliment undirish belgilangan.

Bugun 19 iyul Qurbon hayiti arafasida qarzdor ota 2 nafar qizlarining voyaga yetgunlariga qadar hisoblangan 160 mln. so‘m aliment pulini undiruvchi O.Ismoilovaning plastik kartasiga o‘tkazib berdi.

Shu tariqa, ijro hujjati undiruvchining arizasiga ko‘ra tamomlandi.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar