23:39 / 22.07.2021
2 382

Urganchda yuk mashinasi yonib ketdi


Ijtimoiy tarmoqlarda «Urganch shahri markazida somon ortilgan yuk mashinasi trolleybus simiga tegib ketishi oqibatida somon yonib ketganligi aytilmoqda» degan videolavhalar tarqaldi. Holat yuzasidan FVB ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, haqiqatdan ham, 22 iyul kuni soat 00:13 da Buxoro viloyati Shofirkon tumanidagi «Kogon metal savdo servis» MCHJga qarashli bo‘lgan yuk mashinasi Urganch shahar A.Bahodirxon ko‘chasi bo‘ylab ketayotganida yong‘in sodir bo‘lgan.

Yong‘in oqibatida yuk avtomobilining salon qismi hamda yuk xonasidagi somonlari yongan va haydovchi Z.O. avtomashinadan tushmoqchi bo‘lib, pastga sakragan vaqtida chap oyog‘i boldir suyagi yopiq sinishi tashxisi bilan VSHTYOIMga yotqizilgan.

Yong‘inga soat 00:18 da yetib borilib, soat 00:23 da o‘rab olingan va 01:02 da o‘chirilgan. Yong‘inning sababi va zarari aniqlanmoqda. Yong‘inga 3 ta yong‘in-qutqaruv bo‘linmasi va harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasidan maxsus avtotransport vositalari jalb etilgan.

Yong‘in o‘chirish qismidan yong‘in sodir bo‘lgan manzilgacha masofa, taxminan, 4 kilometrni tashkil etadi. Ushbu hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan va halok bo‘lmagan. Voqea yuzasidan vakolatli organlar tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Urganchda yuk mashinasi yonib ketdi