23:50 / 24.07.2021
4 460

O‘zbekiston IIV xodimlarini haqorat qilgan Jahongir Otajonov ishi sudga oshirildi


Sobiq xonanda Jahongir Otajonov IIV tizimidagi xodimlarni haqorat qilganlikda ayblanib, unga nisbatan ish ochildi, deya xabar bermoqda Toshkent shahar IIBB.

Qayd etilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda Jahongir Otajonov Ichki ishlar vazirligi tizimi xodimlarini haqorat qilgan videomurojaatini joylashtirib, xodimlarning sha’ni va qadr-qimmatini beodoblik bilan qasddan tahqirlagan.

Jahongir Otajonovning xatti-harakatlariga qonuniy baho berish maqsadida o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv jarayonida u yuqoridagi videomurojaatida aytib o‘tgan haqoratli gaplarni jahl ustida aytganini, Respublika hukumati va ichki ishlar organlari xodimlariga nisbatan hech qanday shaxsiy adovati yo‘qligini ta’kidlab, qilgan ishidan pushaymonligini bildirgan.

Jahongir Otajonovning qilmishida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-moddasi (haqorat qilish)da ko‘rsatilgan huquqbuzarlik alomatlari mavjudligi sababli to‘plangan hujjatlar 2021 yil 23 iyulda jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumani sudiga taqdim etildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston IIV xodimlarini haqorat qilgan Jahongir Otajonov ishi sudga oshirildi