23:24 / 25.07.2021
2 742

O‘zbekistonda kommunal to‘lovlar uchun yagona raqam joriy etiladi


Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 24 iyul kuni imzolangan «Davlat xizmatlari ko‘rsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonga muvofiq, O‘zbekistonda 2021 yil 1 dekabrdan barcha kommunal xizmatlar uchun to‘lovlarni yagona raqam orqali to‘lash imkoniyati joriy etiladi.

Hujjatda ko‘rsatilishicha, 2021 yil 1 dekabrga qadar kommunal tarmoqlardagi barcha raqamlar (gaz, elektr, issiq suv, ichimlik suvi, kanalizatsiya, chiqindi) jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamiga va yuridik shaxslarning soliq to‘lovchining identifikatsiya raqamiga bog‘lanishi ta’minlanadi hamda bu orqali har bir shaxsga «yagona mijoz» tamoyili asosida unikal raqamdan foydalangan holda xizmatlar ko‘rsatilishi yo‘lga qo‘yiladi.

Ushbu vazifa ijrosi Davlat personallashtirish markazi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish, Energetika, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirliklari, Kadastr agentligi, «O‘zsuvta’minot» kompaniyasi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar zimmasiga yuklatilgan.

Bundan tashqari, Kadastr agentligi kommunal xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar bilan birgalikda uch oy muddatda barcha ko‘chmas mulk ob’ektlarining kadastr raqamlariga bog‘lanishini hamda ko‘chmas mulk ob’ektlarining yagona manzillar reyestri bilan integratsiya qilinishini ta’minlaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda kommunal to‘lovlar uchun yagona raqam joriy etiladi