12:03 / 26.07.2021
2 000

Toshkentda yo‘lovchi tashuvchi «Gazel» yonib ketdi


Joriy yilning 26 iyul kuni soat 9:10larda, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Qorasaroy ko‘chasida haydovchi, 1993 yilda tug‘ilgan M.R. 8 nafar yo‘lovchi bilan "Gazel" rusumli avtomobilni boshqarayotib, dvigatel qismida qisqa tutashuv yuzaga kelganligi sabab zudlik bilan to‘xtagan.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabariga ko‘ra, yo‘lovchilar avtomobildan tushirilgan. Qisqa tutashuvdan so‘ng yong‘in yuzaga kelgan. Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan.

Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. Transport vositasiga zarar yetgan.

Mazkur hodisa yuzasidan Olmazor tumani FVB va YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilib, yong‘in yuzaga kelish sabablariga aniqlik kiritilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda yo‘lovchi tashuvchi «Gazel» yonib ketdi