10:30 / 29.07.2021
2 201

Buxoroda COVID-19 tekshiruvi tahlillarini soxtalashtirgan shifokor qo‘lga olindi


Buxoro viloyatining Vobkent tuman tibbiyot birlashmasi virusolog-shifokori COVID-19 tekshiruvi tahlillarini soxtalashtirgani evaziga pora olayotganda qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati rahbari Shuhrat Jalolov xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, Vobkent tuman tibbiyot birlashmasi virusolog-shifokori R.G‘. COVID-19 tekshiruviga ikki nafar fuqarodan tahlil uchun namuna olmay turib, Acer rusumli kompyuter texnikasidan foydalangan holda PSR namunalari uchun elektron bazaga soxta tibbiy ma’lumotlarni kiritgan. Va COVID-19 tekshiruvi tahlillarini soxtalashtirgani evaziga fuqarolar N.N. hamda J.S.dan 300 ming so‘m miqdorida pul talab qilgan.

Shifokor 2021 yilning 24 iyul kuni huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligidagi tezkor tadbirda kimyoviy ishlov berilgan 300 ming miqdoridagi pulni olayotgan vaqtda qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan R.G‘.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 228-moddasi (hujjatlar, shtapmlar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Buxoroda COVID-19 tekshiruvi tahlillarini soxtalashtirgan shifokor qo‘lga olindi