23:28 / 29.07.2021
2 816

Italiyalik dizayner O‘zbekiston gerbi va bayrog‘i aks etgan poyabzallar taqdim etdi


Foto: @glamour.boutique
Italiyalik dizayner Stefano Richchi tomonidan yaratilgan oyoq kiyimlarda O‘zbekiston gerbi va bayrog‘i tasvirlangan. Mazkur holat O‘zbekiston Respublikasining davlat ramzlari – bayroq va gerbga nisbatan hurmatsizlik hisoblanadi, deya bayonot berdi Adliya vazirligining Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.

«O‘zbekiston Respublikasi qonun bilan tasdiqlanadigan o‘z davlat ramzlari – bayrog‘i, gerbi, va madhiyasiga egadir. Davlat ramzlarining mavjudligi O‘zbekistonning amalda mustaqilligini yaqqol tasdiqlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining ramzlari muqaddas bo‘lib, ularni har qanday yo‘l bilan tahqirlash qonun bilan javobgarlikka tortiladi.

Foto: @glamour.boutique
O‘zbekiston Respublikasi «Davlat gerbi to‘g‘risida»gi qonunining 51-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan belgilardan ishlab chiqarilayotgan yoki realizatsiya qilinayotgan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) o‘tkazish uchun tijorat maqsadlarida foydalanish mumkin emas», — deyiladi bayonotda.

Stefano Richchi yaratgan kolleksiyadan futbolka, jinsi shim, kepka, polo, sport kostyumlari ham o‘rin olgan. Masalan, emblemali oq krossovkani 18 000 000 so‘mga, ko‘k rangdagi zamsh krossovkani esa 24 000 000 so‘mga sotib olish mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Italiyalik dizayner O‘zbekiston gerbi va bayrog‘i aks etgan poyabzallar taqdim etdi