Foto: Facebook / @glamourboutique.uz
Italiyalik dizayner Stefano Richchi O‘zbekiston gerbi va bayrog‘i aks etgan 18 million so‘mlik poyabzallar taqdim etgandi. Adliya vazirligi buni «davlat ramzlariga hurmatsizlik» deb baholagandi. Glamour butigi administratsiyasi ushbu holatdan so‘ng uzr so‘rab chiqdi.
«Biz mamlakatimiz madaniyati, merosi va ramzlariga katta hurmat bilan yondashamiz. Krossovkaning ushbu modeli brend tomonidan namuna sifatida chiqarilgan bo‘lib, u chakana savdo uchun emas, balki buyurtma asosida ishlab chiqarishga mo‘ljallangan edi. Bizning puxta o‘ylamasdan qilgan ishimiz natijasida yuzaga kelgan vaziyatdan juda ham afsusdamiz», — deyiladi Glamour butigi bayonotida.
Shu sababli O‘zbekiston ramzlari tushirilgan krossovkalarning har qanday modeli buyurtmasi bekor qilinishi ham qo‘shimcha qilingan.
Foto: Facebook / @glamourboutique.uz
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston «Davlat gerbi to‘g‘risida»gi qonunining 51-moddasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan belgilardan ishlab chiqarilayotgan yoki realizatsiya qilinayotgan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) o‘tkazish uchun tijorat maqsadlarida foydalanish mumkin emasligi belgilangan.
Stefano Richchi yaratgan kolleksiyadan futbolka, jinsi shim, kepka, polo, sport kostyumlari ham o‘rin olgandi. Masalan, emblemali oq krossovkani 18 million so‘mga, ko‘k rangdagi krossovkani esa 24 million so‘mga sotib olish mumkinligi ko‘rsatilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?