11:38 / 31.07.2021
1 794

Qibrayda birovning uyini 180 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan «uddaburon» aniqlandi


Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qibray tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi.

Unda fuqaro F.U. va boshqalar oldindan til biriktirib, tuman hududida joylashgan fuqaro N.E.ga tegishli uy ancha vaqt davomida qarovsiz qolganligidan va hech kim yashamayotganligidan foydalanib, F.U.ni otasining nomiga qalbaki kadastr hujjatlarini tayyorlashib, 180 ming AQSH dollariga sotmoqchi bo‘lganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qibrayda birovning uyini 180 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan «uddaburon» aniqlandi