23:20 / 31.07.2021
2 255

MIB Toshkent viloyati: ehtiyojmand fuqarolarga 28,5 mlrd. so‘m mablag‘lar yo‘naltirildi


Joriy yilning 31 iyul kuni, Byuroning Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan 2021 yilning o‘tgan davri mobaynida Majburiy ijro byurosi Toshkent viloyat boshqarmasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar va sohadagi yangiliklar bo‘yicha brifing tadbirida boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Bekzod Mengliyev faoliyatda amalga oshirilgan ishlar haqida axborot berdi.

Brifingda ma’lumot berilishicha, Byuro organlari tashkil etilganidan buyon hozirga qadar Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan 15 trln. 623 mlrd. so‘mlik hujjatlarning ijrosi ta’minlangan.

Misol uchun, joriy yilning o‘tgan 6 oyi davomida Byuroning Toshkent viloyati boshqarmasi va uning tuman-shahar bo‘limlari tomonidan, jami 4 trln. 410 mlrd. so‘mlik ijro hujjatlarining ijrosi tamomlanib, shundan 1 trln. 208 mlrd. so‘mlik 104 ming 649 ta ijro hujjatlari amalda undirilishi ta’minlangan.

Brifingda yana bir dolzarb masala aliment undiruvlari bilan bog‘liq ijro ishlariga to‘xtalib o‘tildi.
Jamiyatimizda oila qadriyatlariga yuzaki yondashish, er-xotinning o‘zaro kelishmovchiliklari oqibatida ajrashib ketish holatlari yildan yilga o‘sishi natijasida – alimentga oid ijro hujjatlari soni keskin ortmoqda.

Misol uchun, 2017 yil 6 oyigacha bo‘lgan davrda tugatilgan sud departamentning viloyat ish yurituvida 21 ming 677 ta aliment undirish haqidagi ishlar mavjud bo‘lgan.

Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, o‘tgan to‘rt yil mobaynida aliment ishlari soni 6 ming 364 taga ortgan.
Oqibatda 78 ming 82 ta murojaatlarning 48 ming 96 tasi, ya’ni 61 foizi alimentga oid masalalarga to‘g‘ri kelmoqda.

Mavjud muammolarga o‘zgacha yondashib, aliment undirish bilan bog‘liq ijro hujjatlari yuzasidan aloqador tashkilotlar bilan oilalarni o‘zaro yarashtirish ishlariga e’tibor qaratilmoqda.

Natijada, joriy yil davomida Toshkent viloyatida 1 956 nafardan ortiq oilalar yarashtirilgan.
Bundan tashqari viloyatda jami 8 646 nafar aliment to‘lovchilar o‘zini o‘zi band qilinishi ta’minlangan.
      
Davlatimiz rahbarining 24.11.2020 yildagi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6118-sonli Farmonining 12-bandiga asosan ehtiyojmand aholini qo‘llab-quvvatlash uchun joriy qilingan “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarni qo‘llab quvvatlash uchun 28,5 mlrd. so‘m mablag‘lar yo‘naltirilgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB Toshkent viloyati: ehtiyojmand fuqarolarga 28,5 mlrd. so‘m mablag‘lar yo‘naltirildi