20:25 / 02.08.2021
2 477

1 mlrd. so‘mdan ortiq qarzdorlik uchun tosh maydalash-saralash uskunasi xatlab qo‘yildi


Majburiy ijro byurosi Xonobod shahar bo‘limi tomonidan sud va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish masalalarida samarali ishlar olib borilmoqda.

Sudning ijro hujjatiga ko‘ra, javobgar “Andijon makro stroy” MCHJdan da’vogar “Exclusive texnotak” xususiy korxonasi foydasiga vositachilik hamda yetkazib berilgan tovar haqi uchun jami 1 mlrd. 246 mln. 558 ming so‘m undirilishi belgilangan.

Mazkur ijro hujjatining ijrosini ta’minlash maqsadida olib borilgan ijro harakatlari davomida iarzdor jamiyatga tegishli soatiga 60 tonna mahsulot ishlab chiqarishga mo‘ljallangan tosh maydalash-saralash uskunasi ro‘yxatga olinib, xatlandi.

Byuro xodimlari qarzdor jamiyat vakillarini qarzdorlik bartaraf etilmasa xatlangan uskunaning elektron onlayn-auksion savdoda sotilishi yuzasidan ogohlantirdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 1 mlrd. so‘mdan ortiq qarzdorlik uchun tosh maydalash-saralash uskunasi xatlab qo‘yildi