Foto: Milliy gvardiya matbuot xizmati
O‘zbekistonda ilk marotaba Oilaviy bolalar uyi tashkil qilindi, deya xabar bermoqda Milliy gvardiya matbuot xizmati.
Shavkat Mirziyoyev raisligida 28 iyul kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida Mehribonlik uylaridagi bolalarni oilaga yaqin muhitda tarbiyalash, bilim va ma’naviyatli, vatanparvar insonlar etib voyaga yetkazishga alohida e’tibor qaratilib, bu borada yangi tizim joriy qilinishi va bunga Milliy gvardiya mas’ul etib belgilanishi ta’kidlangan edi.
Ushbu vazifani amalga oshirish borasida Milliy gvardiya qo‘mondoni Toshkentda Oilaviy bolalar uyi tashkil qilish istagida bo‘lgan fuqarolarni qabul qilib, ularga qisqa muddatlarda barcha zarur shart-sharoitlar yaratib berilishi yuzasidan tegishliligi bo‘yicha mas’ul vazirlik va tashkilotlar xodimlariga topshiriqlar bergan edi.
Amalga oshirilgan ishlar natijasida 4 avgust kuni Toshkent shahri Yunusobod tumanida ilk marotaba Umida va Polvon Turdialiyevlar oilasi 21-sonli Mehribonlik uyidan 5 nafar o‘g‘il-qizni o‘z tarbiyasiga olib, Oilaviy bolalar uyi faoliyatini yo‘lga qo‘ydi.
«Mazkur Oilaviy bolalar uyi ochilish marosimida Milliy gvardiya qo‘mondonligi, Yunusobod tuman hokimligi va boshqa mas’ul vazirlik hamda tashkilotlar mutasaddi rahbarlari ishtirok etib, Umida Turdialiyeva boshlagan ushbu olijanob ishga muvaffaqiyat tilagan holda, doimo ko‘makdosh bo‘lishlariga hamda oila a’zosiga aylangan ushbu o‘g‘il-qizlarning ma’naviyatli va vatanparvar bo‘lib kamol topishlariga ishonch bildirdi», — deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi