Arxiv foto: Komil Allamjonovning Telegram-kanali
Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi raisi Komil Allamjonov kafe va restoranlarga qo‘yilgan cheklovlarni qayta ko‘rib chiqishga chaqirdi.
U Telegram'dagi kanalida qoldirgan postda umumiy ovqatlanish ob’ektlariga qo‘yilgan jiddiy cheklovlarni hazilomuz tarzda tanqid qiladi.
“Bilmaganlar bilib qo‘ysin!
Koronavirus avtobusda emas, metroda emas, ishxonada emas, aynan restoranda, soat 20:00dan keyin paydo bo‘ladi.
Soat 20:00gacha u bekinib o‘tiradi. Zolushkaning aravasi tungi 12da qovoqqa aylanib qolgani kabi. Yomon pismiq virus-da bu. Biladi-da hamma 20:00dan keyin restoranga yopirilib borishini.
Va aynan 20:00 dan keyin, e’tibor bering shu joyiga, aaaynan restoranga yoki kafega boradi. To‘yxonaga ham emas, ishxonaga ham emas, aaaynan restoran va kafega”, – deya yozdi Allamjonov.
“Bu masalani jiddiy ko‘rib chiqish fursati keldi, deb o‘ylayman”, deya qo‘shimcha qilgan Mass-media fondi rahbari.
Eslatib o‘tamiz, epidemiologik vaziyat yomonlasha borgach, Maxsus komissiya 28 iyundan boshlab umumiy ovqatlanish shoxobchalari va ko‘ngilochar ob’ektlar faoliyatini kunduzi 08:00–20:00gacha deya cheklab qo‘ydi.
20 iyuldan boshlab esa cheklov kuchaytirildi: shu kundan boshlab, kafe va restoranlarga yopiq binolarda ishlash taqiqlandi; taom yetkazib berish xizmatlarining ish vaqti 8:00–23:00 deb belgilandi.
Orada deputatlar xodimlarini yetarli miqdorda emlagan kafe va restoranlarga nisbatan karantin talablarini yumshatishni taklif qildi, Koronavirusga qarshi kurashish shtabi ham shunga o‘xshash yangilik kutilayotganini bildirdi, biroq bu amalga oshgani yo‘q. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi