
Bosh prokuratura huzuridagi departament, korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va DXX Andijon viloyati boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda 1 gektar yerga uy-joy qurish uchun tuman hokimi qarori hamda kadastr pasportini rasmiylashtirish berish evaziga 50 ming dollar talab qilgan Oltinko‘l tuman kadastr bo‘limi boshlig‘i ushlandi.
Ta’kidlanishicha, Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmasi Oltinko‘l tuman filiali rahbari M.A. fuqaroga Oltinko‘l tumani, S.Ashurov massivi hududidan 1 gektar yer maydoniga uy-joy qurish uchun tuman hokimligi qarorini chiqarib, kadastr pasportini rasmiylashtirishda yordam berishini bildirib, undan 50 ming dollar talab qilgan va kelishilgan pulning 6 ming dollarini oldindan olayotganda jinoyat ustida ko‘lga tushgan.
Hozirda departament tomonidan M.A nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 28-moddasi (jinoyat ishtirokchilarining turlari) va 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar