Innovatsion rivojlanish vazirligi Texnologiyalar transferi boshqarma boshlig‘i Jamoliddin Boboxonovga ko‘ra, natijada o‘zbekistonliklar saratonni erta aniqlash uchun avvalgidan 4 barobar kamroq mablag‘ sarflaydi.
"Kanada-Slovakiya kompaniyasi bilan hamkorlikda O‘zbekistonda saraton kasalligini erta bosqichda antitanachalar orqali aniqlash amaliyotini yo‘lga qo‘yish kutilmoqda. O‘zbekistonda kimdir saratonni erta aniqlamoqchi bo‘lsa, qon topshiradi, qon maxsus laboratoriyaga jo‘natiladi va qo‘shni mamlakatlarga jo‘natiladi. Uni aniqlash uchun taxminan 2 oy vaqt ketadi", dedi u.
Saratonni erta aniqlash uchun nafaqat vaqt, balki mablag‘ ham sarflanishi tabiiy. Boboxonovning qayd etishicha, ushbu texnologiya transferi o‘zbekistonliklar uchun 4 barobar arzonga tushadi va javobni 2 haftada olish imkonini beradi.
"Bu kabi amaliyot O‘zbekistonda bo‘lmagani uchun aholi 2 million so‘m atrofida xarajat qilishiga to‘g‘ri keladi. Agar amaliyot O‘zbekistonda yo‘lga qo‘yilsa, 500 ming so‘m, ya’ni 4 barobar arzonga tushadi", dedi Jamoliddin Boboxonov. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Peterburgda yong‘in vaqtida odamlarni qutqargan o‘zbekistonlikka surat sovg‘a qilindi
Qodirovning 16 yashar o‘g‘li Putin nomidagi Rossiya maxsus kuchlari universiteti kuratori bo‘ldi
Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi!
Vadim Abramov: "Vazifamiz keyingi bosqichga chiqish edi, afsuski, buni uddalay olmadik"
Saidjamshid Ja’farov qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etib, IBA Asia kamarini qo‘lga kiritdi
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Telegram Ukraina «GUR»ning «razvedka boti»ni blokladi