Qonliko‘l tumani davlat soliq inspeksiyasining, joriy yilning 25-may, 14-iyun va 13-iyul kungi qarorlariga asosan, qarzdor fermer xo‘jaligidan jami 580 mln. 296,7 ming so‘mlik soliq qarzdorligini undirish belgilangan bo‘lib, mazkur ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Qonliko‘l tumani bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va tegishli tartibda ijro ishi yurituvi qo‘zg‘atilgan.
Majburiy ijro harakatlari davomida, dastlab, fermer xo‘jaligiga qaror talablarini ixtiyoriy bajarish uchun muddat berilgan. Lekin ushbu muddat oralig‘ida talablar bajarilmaganligi sababli, barcha bank hisob raqamlariga inkasso topshiriqnomalari qo‘yilgan va 16-iyun kuni fermer xo‘jaligiga tegishli bo‘lgan, qo‘vvati 250 kVA elektr energiyasini yetkazib beruvchi 1 dona transformator punkti va 1 dona traktori xatlovga olingan.
Shundan so‘ng, ko‘p vaqt o‘tmay, qarzdor fermer xo‘jaligi raisi tomonidan mazkur 580 mln. 296,7 ming so‘m qarzdorlik to‘liq va naqd ko‘rinishida to‘landi, ijro hujjati esa, O‘zbekiston Respulikasi “Sud hujjatlari va boshqa organ hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 41-moddasiga asosan tamomlandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi