17:00 / 11.08.2021
1 631

Qonliko‘lda fermer xo‘jaligidan qariyb 600 mln. so‘m soliq qarzdorligi undirildi


Qonliko‘l tumani davlat soliq inspeksiyasining, joriy yilning 25-may, 14-iyun va 13-iyul kungi qarorlariga asosan, qarzdor fermer xo‘jaligidan jami 580 mln. 296,7 ming so‘mlik soliq qarzdorligini undirish belgilangan bo‘lib, mazkur ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Qonliko‘l tumani bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va tegishli tartibda ijro ishi yurituvi qo‘zg‘atilgan.

Majburiy ijro harakatlari davomida, dastlab, fermer xo‘jaligiga qaror talablarini ixtiyoriy bajarish uchun muddat berilgan. Lekin ushbu muddat oralig‘ida talablar bajarilmaganligi sababli, barcha bank hisob raqamlariga inkasso topshiriqnomalari qo‘yilgan va 16-iyun kuni fermer xo‘jaligiga tegishli bo‘lgan, qo‘vvati 250 kVA elektr energiyasini yetkazib beruvchi 1 dona transformator punkti va 1 dona traktori xatlovga olingan.

Shundan so‘ng, ko‘p vaqt o‘tmay, qarzdor fermer xo‘jaligi raisi tomonidan mazkur 580 mln. 296,7 ming so‘m qarzdorlik to‘liq va naqd ko‘rinishida to‘landi, ijro hujjati esa, O‘zbekiston Respulikasi “Sud hujjatlari va boshqa organ hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 41-moddasiga asosan tamomlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qonliko‘lda fermer xo‘jaligidan qariyb 600 mln. so‘m soliq qarzdorligi undirildi