21:21 / 16.08.2021
3 086

Surxondaryoda Afg‘oniston va O‘zbekiston samolyotlari to‘qnashdi

Surxondaryoda Afg‘oniston va O‘zbekiston samolyotlari to‘qnashdi
Afg‘oniston harbiy-havo kuchlarining Embraer EMB 314 Super Tucano shturmchi samolyoti.
Foto: Wikipedia

Avvalroq Surxondaryo viloyatida Afg‘oniston qurolli kuchlari belgilari bo‘lgan harbiy samolyot urib tushirilgani xabar berilgandi.

2021 yil 14-15 avgust kunlari O‘zbekiston Respublikasining havo hududi chegarasidan noqonuniy o‘tgan, ichida jami 585 nafar qurollangan harbiy xizmatchilar bo‘lgan, Afg‘oniston Islom Respublikasining 22 ta harbiy samolyot hamda 24 ta harbiy vertolyotlari majburiy ravishda Termiz xalqaro aeroportiga qo‘ndirilgan.

Joriy yil 15 avgust kuni Qarshi shahridagi «Xonobod» aeroportiga qo‘nish uchun ruxsat so‘ragan Afg‘oniston Islom Respublikasining 3 ta «EMBRAYЕR-314» rusumli harbiy samolyoti Termiz aeroportiga qo‘nish to‘g‘risida ogohlantirilib, ular O‘zbekiston Respublikasining 2 ta «MIG-29» rusumli harbiy samolyotlari kuzatuviga olingan.

O‘zbekiston harbiy-havo kuchlarining MiG-29 qiruvchi samolyoti.
Foto: Sergey Konkov / «RussianPlanes.net»

Lekin kuzatuv davomida «EMBRAYЕR-314» va «MIG-29» rusumli samolyotlar to‘qnashib, Surxondaryo viloyatining Sherobod tumani hududiga qulagan. Ushbu samolyotlar uchuvchilari parashyut (katapult) orqali yerga tushishgan.

Shu kuni 158 nafar afg‘on fuqarolari va qurollangan harbiy xizmatchilari daryo orqali Termiz tumani hududiga O‘zbekiston Respublikasi chegarasidan qonunga xilof ravishda o‘tishgan.

Mazkur holatlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan Jinoyat kodeksining 223-moddasi 2-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Hozirda Bosh prokuratura tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Surxondaryoda Afg‘oniston va O‘zbekiston samolyotlari to‘qnashdi