Jizzaxda ortiqcha yuk ortilgan «ZIL» beton to‘siqqa urilib, ag‘darilib ketdi

Jizzaxda ortiqcha yuk ortilgan «ZIL» beton to‘siqqa urilib, ag‘darilib ketdi
Kadr: Telegram
Jizzax viloyatida belgilangan me’yoridan ortiqcha yuk ortgan «ZIL» yuk mashinasi ag‘darilib ketdi, deb xabar beradi IIV YHXBB axborot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, viloyatning Sharof Rashidov tumani hududidan o‘tgan M-39 avtomobil yo‘lida ortiqcha yuk ortilgan yuk mashinasi yo‘lni ikkiga ajratib turuvchi beton to‘siqqa urilib, ag‘darilib ketgan.

Sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida avtomobil yo‘lida tirbandlik yuzaga kelgan. Videodan ko‘rish mumkinki, ag‘anab yotgan yuk mashinasi ekskavator yordamida turg‘izilgan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar