Turkiyadagi kapalaklar bog‘ida noodatiy rangdagi kapalak namoyish etilmoqda

Turkiyaning Konya shahridagi tropik kapalaklar bog‘ida o‘zining g‘ayrioddiy ko‘rinishi bilan ajralib turadigan Parides iphidamas turiga mansub kapalak namoyish etilmoqda.
Markaziy va Janubiy Amerikada uchraydigan ushbu kapalak turi odatda qoramtir ranglari bilan ajralib turadi. Biroq bog‘da aniqlangan kapalakning qanotlarida to‘q sariq, pushti va och krem ranglari uyg‘unlashgan. Bu esa uni o‘z turidagi boshqa kapalaklardan keskin farqlaydi.
Bog‘ mutaxassislari noodatiy rangdagi kapalakni aniqlagach, uni alohida kuzatish va himoya qilish uchun maxsus hududga joylashtirgan.
Dastlabki taxminlarga ko‘ra, kapalak rangidagi bunday o‘zgarish melanin pigmenti miqdorining kamayishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Melanin ko‘plab organizmlarda rang hosil bo‘lishida muhim rol o‘ynaydigan pigment hisoblanadi.
Keyingi yangilik

Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar

































Izohlar0
…