Xitoylik juftlik uchun farzand dunyoga keltirgan o‘zbekistonlik surrogat ona vafot etdi

Jamiyat1 daqiqa o'qish3
Xitoylik juftlik uchun farzand dunyoga keltirgan o‘zbekistonlik surrogat ona vafot etdi

Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida 31 yoshli O‘zbekiston fuqarosi tug‘ruqdan bir necha soat o‘tib hayotdan ko‘z yumdi. Ayol Xitoy fuqarosi bo‘lgan juftlik uchun surrogat ona sifatida homiladorlikni boshidan kechirgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, u 11 noyabr kuni homiladorlikning 36-haftasida Birinchi universitet klinikasida farzandini dunyoga keltirgan. Biroq tug‘ruqdan keyin kuchli qon ketishi kuzatilgan va shifokorlarning sa’y-harakatlariga qaramay, ayolning hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmagan.

Gruziyadagi “Ozodlik” radiosi xabariga ko‘ra, bu ayolning surrogat onalik dasturidagi ilk ishtiroki bo‘lgan. Gruziya Ichki ishlar vazirligi uning vafot etganini tasdiqlagan va ehtiyotsizlik oqibatida o‘limga sabab bo‘lish holati yuzasidan tergov boshlagan. Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli agentligi ham voqeani tekshirmoqda.

Mazkur hodisa Gruziyada surrogat onalikni taqiqlash masalasi muhokama qilinayotgan bir paytda yuz berdi. Hukmron partiya vakillari sohada muayyan qoidalar mavjud bo‘lsa-da, faoliyatni to‘liq nazorat qilish qiyinligini taqiq tashabbusiga sabab sifatida keltirgan.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?