Boshidagi juni qirqilgan itning g‘alati ko‘rinishi internetda muhokamalarga sabab bo‘ldi

Boshidagi juni qirqib tashlanganidan so‘ng noodatiy ko‘rinishga kirib qolgan itning suratlari ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi. Tasvirlar qisqa vaqt ichida yuz minglab foydalanuvchilarning e’tiborini tortdi.
Suratlarda itning tanasi, burni va og‘iz atrofi qalin qora jun bilan qoplanganini, boshining yuqori qismi esa butunlay qirqilganini ko‘rish mumkin. Natijada uning boshi inson bosh suyagini eslatuvchi g‘alati shaklga kirgan.
Bu ko‘rinish ko‘pchilikka videoo‘yin qahramoni yoki fantastik filmlardagi g‘ayrioddiy mavjudotlarni eslatdi.
Suratlarni joylagan foydalanuvchi hazil aralash: «Itimning boshidagi junni qirqib tashlagandim. Hozir u shunchalik g‘alati ko‘rinyaptiki, hatto tunda uxlay olmayapman», — deb yozgan.
Post internetda tez ommalashib, 400 mingdan ortiq “layk” to‘plagan.
Keyingi yangilik

Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar

































Izohlar0
…