Xitoyda Gaokao imtihoniga tayyorgarlik ko‘rayotgan o‘quvchilarning sochlari oqarayotgani aytilmoqda (video)

Xitoyda universitetga kirish uchun tayyorgarlik ko‘rayotgan maktab bitiruvchilari kuchli ruhiy va jismoniy bosimga duch kelmoqda. Mamlakatdagi keskin ta’lim raqobati sabab ayrim yuqori sinf o‘quvchilari kuniga 12–14 soatlab dars bilan shug‘ullanishiga to‘g‘ri keladi.
Ular uchun eng muhim sinovlardan biri — universitetga qabul qilinish imkoniyatini belgilovchi “Gaokao” imtihonidir. Ushbu sinovga tayyorgarlik jarayonida uzoq vaqt o‘qish, uyquning yetishmasligi va doimiy ruhiy zo‘riqish kuzatilishi aytilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim bitiruvchilarning maktabni tamomlash arafasida sochlari oqarib ketgani haqida xabarlar tarqaldi. Biroq bu holatlarning aynan imtihon bosimi bilan bog‘liqligi hozircha mustaqil ravishda tasdiqlanmagan.
Mutaxassislar uzoq davom etadigan stress va uyqusizlik inson salomatligiga, jumladan, ruhiy holati va uyqu sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini ta’kidlaydi. Shu bois imtihonga tayyorgarlik jarayonida dam olish va uyquga ham yetarlicha vaqt ajratish muhim.
Keyingi yangilik

Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar

































Izohlar0
…