Prezident Farg‘ona viloyati hokimiga: «Ilohim, boshqa kasal bo‘lmagin»O‘zbekiston 13:23 34329
Farg‘ona viloyati hokimi Xayrulla Bozorovga so‘z bergan prezident dastlab hol-ahvol so‘radi va ijobiy javob olganidan keyin shunday dedi:
“Seni sog‘-salomat ko‘rib turganimdan xursandman. Sog‘ayib ketganing chin bo‘lsin. Ilohim, boshqa kasal bo‘lmagin. Xabaring bor, murakkab operatsiyangni shaxsan o‘zim nazoratga oldim. Oldin bunday operatsiyalar uchun odamlarimiz chet ellarga borishardi.
O‘zimizning mutaxassislarimiz shunday murakkab amaliyotlarni bajarishayotgani quvonarli. Men chet ellarda ishlab yurgan vrachlarimizni qaytarish bo‘yicha ishlarni davom ettiraman. Ular bilan ko‘p muloqot qilyapman. Tibbiyotda muammolarimiz ko‘p.
Birlamchi tibbiyotni rivojlantirmas ekanmiz, yaxshi natijaga erisha olmaymiz. "Tadbirkorlar qo‘llagan hokim" degan iborani Farg‘ona miqyosida ko‘rsatib berasizlar”, – dedi davlat rahbari.Xayrulla Bozorov ham davlat rahbariga minnatdorlik bildirdi va viloyatga oid ma’lumotlarni taqdim qildi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
“Roma” Shomurodov uchun yana 8 million yevro xarajat qiladi!
Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi
Messining salkam 1 million dollarga sotilgan salfetkasi haqida
Shimoliy Koreya yangi ko‘rsatkichlarga ega ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi
O‘zbekistonliklar doimiy yashash uchun ko‘proq qaysi davlatlarga ko‘chib ketmoqda?
Jizzaxda uchta yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Ukraina prezidenti mahbuslarni safarbar qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi