Foto: IIV
17 avgust kuni fuqaro N. Yakubova IIVga ariza bilan murojaat qilib, Toshkent viloyati, Qibray tumanida yashovchi «Abdurashid» va «Orif» ismli shaxslar hokimiyat tomonidan ularga 49 yilga ijaraga berilgan 7 gektar yerni sotib, hokimiyatda ishlovchi tanishlari orqali Ya.N.ni nomiga rasmiylashtirib berishga va’da bergan va buning uchun 225 ming AQSH dollari berishini talab qilayotganliklarini ma’lum qilgan.
IIV JQBB KvaIJQKB xabariga ko‘ra, 18 avgust kuni o‘tkazilgan tezkor tadbirda poytaxtning Yunusobod tumani 19-mavzesidagi «Qariyalar oromgohi» oldida A.O. ariza muallifi N.Yakubovadan talab qilingan pulning $5 mingini olgan vaqtida ushlangan.
Surishtiruvda aniqlanishicha, A.O. bu pullarni yer egasi T.R.ga berishi kerak bo‘lgan. Tezkor tadbir davom ettirilib, 19 avgust kuni 2011-2018 yillar Qibray tumani hokimiyatida mas’ul lavozimlarda ishlagan T.R. va A.M.lar Toshkent viloyati, Qibray tumani, O‘tkir mahallasida A.O.dan $5 mingni olgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlandi.
Holat bo‘yicha, 19 avgust kuni Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandi va 28, 211-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda
Nadal Madriddagi mag‘lubiyatiga emotsional tarzda munosabat bildirdi
Pentagon rahbari Xitoyni AQSHning asosiy raqibi deb atadi
Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi?
O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik...
Xoakin Bakli "qattiq" jangchi. Biroq Nursulton Ro‘ziboyev...