
Yangi O‘zbekistonni bunyod etishda raqobatdosh iqtisodiyot tarmoqlarini yaratishga alohida e’tibor qaratiladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev aytib o‘tdi.
«Biz bugun Yangi O‘zbekistonni bunyod etishda raqobatdosh iqtisodiyot tarmoqlarini yaratishga alohida e’tibor qaratib, barcha sohalarda marrani katta olmoqdamiz. Eng muhimi, buning uchun bizda imkoniyat va salohiyat yetarli.
Bugungi tadbirda ishtirok etayotgan barcha mehmonlarimiz va loyiha ishtirokchilarini, energetika sohasida yangi ufqlarni ochib beradigan ushbu loyihaning muvaffaqiyatli amalga oshirilgani bilan chin qalbimdan tabriklayman.
Fursatdan foydalanib, barchangizni yaqinlashib kelayotgan eng ulug‘ va eng aziz bayramimiz – Mustaqilligimizning 30 yilligi bilan samimiy muborakbod etaman», dedi Prezident marosim yakunida.
Tadbirda Birlashgan Arab Amirliklari, mamlakatimiz energetika tarmog‘i va jamoatchiligi vakillari so‘zga chiqdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.