
Farg‘onada tug‘riq bo‘limida erkak kishi xamshirani sochidan tortib sudraganligi holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining matbuot kotibi — axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi ma’lum qildi.
Gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlandi. Jinoyat ishi bo‘yicha Farg‘ona viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tergov ustidan Bosh prokuratura tomonidan nazorat o‘rnatildi.
Farg‘onaJinoyat KodeksiTergov HarakatlariBosh ProkuraturaErkak KishiXamshira Sochidan O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar