9 831
Vaksinadan ko‘zi ko‘rmay qolgani aytilgan ayol holati bo‘yicha prokuratura ma’lumot berdi

Videodan kadrlar
Bugun ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyatida vaksina olgandan keyin ahvoli og‘irlashgan fuqaro haqida video lavha tarqaldi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi ushbu vaziyatni nazoratga olganini ma’lum qilgandi.
Holat yuzasidan Xorazm viloyat prokuraturasi ham ma’lumot berdi. Aniqlanishicha, 27.08.2021 yil soat 10:00 larda Urganch shahrida yashovchi 1991 yilda tug‘ilgan fuqaro Yo.Salayeva 1-son oilaviy poliklinikada shifokor ko‘rigidan o‘tkazilib, emlashga qarshi ko‘rsatma bo‘lmagandan keyin ZF-UZ-VAC 202108110 vaksinasi bilan emlangan.
Shu kuni soat 21:17 larda Yo.Salayeva umumiy holsizlik va qo‘l-oyoq tortishishi, nafas qisishi shikoyati bilan tez tibbiy yordam chaqirgan va Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazining viloyat filialiga olib kelinib, birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Xorazm viloyati prokuraturasi tomonidan mazkur holat nazoratga olingan, hozirda tegishli mutaxassislar jalb qilingan holda tergov oldi tekshirish harakatlari olib borilmoqda.
«Natijasi qo‘shimcha ravishda ma’lum qilinadi», deyiladi xabarda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar