13:25 / 30.08.2021
4 113

Jizzaxda tungi vaqtda ko‘chada yurgan ayolni zo‘rlagan uch nafar shaxs qo‘lga olindi

Jizzaxda tungi vaqtda ko‘chada yurgan ayolni zo‘rlagan uch nafar shaxs qo‘lga olindi
Jizzax shahrida bir ayolni zo‘rlab, uning telefoni va pullarini olib qo‘ygan shaxslar ushlandi, deb xabar beradi «Postda» nashri.

Ma’lum qilinishicha, shaharning «Sayiljoyi» mahallasida yashovchi N.X. ichki ishlar organlariga murojaat qilib, tungi soat 02:30 lar atrofida ko‘chada uni bir necha shaxs Nexia rusumli avtoulovga majburlab chiqarib olgani haqida ariza bilan murojaat qilgan.

Ayolning so‘zlariga ko‘ra, ushbu erkaklar uni «Obod» mahallasi hududida zo‘rlagan, shuningdek, sumkasida bo‘lgan uyali aloqa vositasi va 100 ming so‘m pulini olib qo‘ygan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, o‘tkazilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyatni Jizzax shahrining «Ko‘tarma» mahallasida yashovchi J.Sh., «Alisher Navoiy» mahallasida istiqomat qiluvchi D.N., «Toshloq» mahallasida yashovchi J.Yu. tomonidan sodir etilgani aniqlangan.

Ayblanuvchilar hibsga olingan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jizzaxda tungi vaqtda ko‘chada yurgan ayolni zo‘rlagan uch nafar shaxs qo‘lga olindi