Videodan kadrlar
Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyati Yangi Namangan tumanida Spark haydovchisi o‘ziga qo‘pollik qilgan Captiva haydovchisining ko‘ziga suyuqlik sepib yuborgani aks etgan video tarqaldi.
Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 1987 yilda tug‘ilgan fuqaro T.M. 31 avgust kuni soat 09:30 lar atrofida «Kelajak tonggi» mahallasida Sparkda harakatlanib ketayotgan vaqtida uning orqasidan kelayotgan Captiva haydovchisi D.Y. yo‘l berishini so‘rab, signal chalgan. So‘ng Sparkni quvib o‘tib, avtomashina harakatlanishiga qarshilik qilgan.
Qayd etilishicha, D.Y. mashinasida svetoforning qizil chirog‘idan o‘tib, ortiga qaytgan va Spark eshigini ochib, fuqaro T.M.ga haqoratli so‘zlar bilan hamla qilgan. T.M. yovvoyi hayvonlardan himoya qilish maqsadida ishlatiladigan suyuqlikdan D.Y.ning ko‘z qismiga sepgan. Shundan so‘ng fuqaro D.Y. voqea joyidan ketgan.
Ta’kidlanishicha, dastlabki surishtiruv natijasida D.Y. 31 avgust kuni o‘zining shaxsiy ishlari bilan Do‘stlik chegara posti orqali Qirg‘izistonga chiqib ketgani aniqlangan. Hozirda uning yashash manziliga olib kelish choralari ko‘rilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Osiyo kubogi: O‘zbekistonning g‘alabasiga xorijdan qanday munosabat bo‘lmoqda?
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Indoneziyani mag‘lub etib, final va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti
Olmaotada o‘likxona qo‘riqchisi jasadlarni zo‘rlaganlikda gumon qilinmoqda
Prezident Olimpiadaga yo‘llanma olgan futbolchilarga tabrik yo‘lladi
Toshkentda «prava» olib berish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi
Orol dengizi bo‘yida mobil aloqa va internet tarmog‘i ishga tushirildi