Foto: Instagram / @inkuzart
Toshkentning Chilonzor tumanida @inkUZart taxallusi bilan ijod qilayotgan ko‘cha rassomi Abdurahmon Umarov tomonidan chizilgan yana bir strit-art paydo bo‘ldi. Bu safar ijodkor UzAuto Motors kompaniyasining monopoliyasiga e’tibor qaratgan.
E’lon qilingan kadrlarda O‘zbekistondagi avtosalonlarda mashina xarid qilish uchun yuzaga kelayotgan uzundan uzoq navbat tasvirlangan. Navbat boshida turgan insonning qizil bosh kiyimi «shapka» tizimiga ishora qiladi.
Ta’kidlanishicha, mazkur strit-art namunasi eski Amerika elchixonasi, Chilonzor savdo markazi yaqinida chizilgan.
Ta’kidlash kerakki, UzAutoSavdo ma’lumotlariga ko‘ra, ayni vaqtda Lacetti’ni xarid qilish uchun navbatda turganlar soni 31 mingga, Cobalt uchun 11 mingga yetgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)