Fuqarolik ishlari bo‘yicha Nukus tumanlararo sudining 29.01.2018 yildagi qarzdor, A.Abdisharipovdan undiruvchi S.Matkarimovaning foydasiga, voyaga yetmagan ikki nafar farzandi ta’minoti uchun qarzdorning ish xaqi va boshqa daromadlarining 1/3 qismi miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi ijro ishi Byuroning Xo‘jayli tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va tegishli tartibda ijro ishi yurituvi qo‘zg‘atilgan.
Ijro harakatlari davomida, qarzdor ota mazkur ijro ishi yuzasidan aliment pullarini 01.01.2019 yilga qadar muntazam to‘lab kelgan. Lekin, 2019 yil boshidan bir necha oy davomida to‘lanmaganligi va yashash joyida topilmaganligi sababli, Davlat ijrochilari tomonidan A.Abdisharipovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan O‘zbekiston Respublikasidan chiqish xuquqlariga vaqtincha cheklov qo‘yilgan va qidiruv e’lon qilingan.
Shundan so‘ng, joriy yilning iyul oyida qarzdor alimentchi ota topilib, unga kelib chiqishi mumkun bo‘lgan huquqiy oqibatlar tushuntirilgandan keyin, qarzdorlikni to‘lash istagini bildirgan va sobiq turmush o‘rtog‘i bilan o‘zaro kelishgan holda, ikki yil davomida to‘lanmagan 18 mln. so‘m qarzdorligini naqd qo‘rinishda to‘ladi.
Shuningdek, undiruvchi S.Matkarimovaning aliment undirish to‘g‘risidagi ijro ishi yuzasidan yozma iltimosnomasiga mazkur ijro ishi joriy yilning 17 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi “Sud xujjatlari va boshqa organlar xujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 40-moddasi 1-bandi bilan tamomlandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi