2021 yil 27 avgust kuni soat 17:20 larda viloyat IIBning «102 CALL CENTR» markazi operatori Urganch tumani, Chotko‘pir qishlog‘i, «Orzu» mahallasida noma’lum uch nafar fuqaro kanalizatsiya quvuri ichiga tushib ketib, vafot etganligi haqida xabar kelib tushgan.
Viloyat prokuraturasi ma’lumotiga ko‘ra, fuqarolar X.Shukurulloyev, O.Kurbanov va Sh.Kurbanovlar Urganch tumani, Chotko‘pir qishlog‘i, «Orzu» mahallasi hududidagi ko‘p qavatli uylardan chiqqan kanalizatsiya suvlarini haydab chiqarish uchun mo‘ljallangan kanalizatsiya kamerasiga tushishganida, kamera ichida to‘planib qolgan zaharli gazdan zaharlanib, hodisa joyida vafot etishgan.
Mazkur holat yuzasidan, Urganch tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan 27.08.2021 yilda O‘zbekiston Respublikasi JKning 257-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ushbu jinoyat ishi viloyat IIB huzuridagi tergov boshqarmasi tergovchilari ish yurituviga o‘tkazilib, viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi
Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi
2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
“Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto)
Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi
Ozish uchun qancha yugurish kerak?
Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi