
Ijtimoiy tarmoqda uchta – Matiz, «VAZ 2107» va Spark avtomobillari to‘qnashuvi va haydovchilar orasidagi mushtlashuv videosi tarqalmoqda. Mazkur holat bo‘yicha YHXBB ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, 2021 yil 2 sentabr kuni soat 11:50 da Bektemir tumani Oltintopgan ko‘chasida Matiz rusumli avtomobil haydovchisi (davlat raqami 01 K 769 KB) B.R. va B.K. boshqaruvidagi «VAZ 2107» rusumli avtomobili (davlat raqami 01 Z 786 OA) uchun avariyaviy holat yuzaga keltirgan.
Oqibatda yuqoridagi avtomobillar va S.X. boshqaruvidagi Spark (davlat raqami 01 V 742 KB) avtomobili to‘qnashuvi yuz bergan. «VAZ 2107» avtomobili to‘xtagach, Matiz va Spark avtomobillari haydovchilari «VAZ 2107» haydovchisiga tan jarohatlari yetkazgan.
Ma’lum bo‘lishicha, kelishmovchilikka 1990 yilda tug‘ilgan B.K. va 1985 yilda tug‘ilgan B.R. orasidagi qarz munosabatlari sabab bo‘lgan.
Holat tafsilotlari Bektemir tumani IIO FMB xodimlari tomonidan o‘rganilmoqda. Tergovoldi tekshiruvi natijasiga ko‘ra qonuniy chora ko‘rilishi aytilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar