13:43 / 07.09.2021
2 202

Afg‘oniston chegarasida o‘zbek harbiylari mashg‘ulotlarni boshladi

Afg‘oniston chegarasida o‘zbek harbiylari mashg‘ulotlarni boshladi
Surxondaryo viloyati hududidagi harbiy qismlar havo hujumidan mudofaa bo‘linmalari bilan aviatsiyaning intensiv uchish hududlarida dala o‘quv yig‘iniga start berildi.

Dala o‘quv yig‘inini o‘tkazishdan asosiy maqsad to‘plangan tajribalarni yanada mukammallashtirish, jangovar harakatlarni tashkillashtirish va ularni zamonaviy sharoitlarda har tomonlama ta’minlash bo‘yicha egallangan bilimlarni mustahkamlashdan iboratdir, deyiladi Mudofaa vazirligi axborotida.

Shu kunning o‘zida yig‘in ishtirokchilari bilan saf tayyorgarligi, jismoniy tayyorgarlik mashg‘ulotlarini yangicha usullarda olib borish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tdi. Saf tayyorgarligi davomida harbiy xizmatchilarning ust-boshi, hujjatlari, qurollari ko‘rikdan o‘tkazildi.

O‘quv-uslubiy yig‘in davom etmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Afg‘oniston chegarasida o‘zbek harbiylari mashg‘ulotlarni boshladi