10:30 / 08.09.2021
1 818

Toshkentda yo‘l talashgan «Jiguli» va «Volga» haydovchilari janjallashdi

Toshkentda yo‘l talashgan «Jiguli» va «Volga» haydovchilari janjallashdi
Toshkent shahar Olmazor tumanida aka-uka yo‘l talashib ota-bolani kaltakladi. Bu haqda «Bu kun» informatsion dasturi xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, 2021 yil 25 fevral kuni A. ismli fuqaro shaxsiy avtomashinasida ukasi H. bilan birgalikda Olmazor tumani Farobiy ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib ketayotgan vaqtda boshqa avtomashina egasi bilan yo‘l talashib mashinani siqib to‘xtatadi va unda bo‘lgan ota-bolani hech bir sababsiz tanasining turli joylariga noma’lum jism bilan urib, bezorilik harakatlarini qasddan sodir etadi.

«Bular kibrlanib ‘Jiguli’ga nisbatan past nazar bilan qarashdimi, uni ustiga 56 yoshli dadamni ham hisobga olmay qo‘l ko‘tarishdi. Man bularga tushuntirdim haliroq gaplashamiz (telefon) raqamimni olib qol, hozir janozaga ketyapman, hozir shoshyapman dedim, lekin foydasi bo‘lmadi», – deydi jabrlanuvchi yigit.

Jabrlanuvchi yigitning otasining aytishicha, agar hodisa sodir bo‘lgan yerda kamera bo‘lmaganda ular «o‘lib ketgan bo‘lardi».

«Ularning aytishicha, o‘g‘lim qo‘li bilan so‘kkan emish, aslida u qo‘lidagi soatni ko‘rsatgandi, kech qolayotganini bildirish uchun. Agar jazolash maqsadi bo‘lganda tanasining boshqa joylariga urar edi. Lekin ular o‘g‘limning faqat boshiga urdi», – deydi yigitning otasi.

Mazkur holat yuzasidan A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 177-moddasi 2-qismi «a», «b» va «v» bandi (badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazib, bir guruh shaxslar tomonidan hamda sovuq qurol yoki kishining sog‘lig‘i uchun amalda shikast yetkazishi mumkin bo‘lgan narsalarni qo‘llab sodir etilgan bezorilik) bilan 2 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Uning ukasi H.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi «a» va «b» bandi bilan 2 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Shuningdek, kaltaklangan M.M.ga nisbatan 105-moddasi Jinoyat kodeksining 1-qismi (qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish) bilan 1 yil ozodlikdan cheklash jazosi tayinlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda yo‘l talashgan «Jiguli» va «Volga» haydovchilari janjallashdi