2 283
O‘zbekistondagi 10 ta OTM dunyoning yetakchi universitetlari reytingiga kirish uchun tanlab olindi
Buyuk Britaniyaning Times Higher Education agentligi tomonidan tuzilgan dunyoning yetakchi universitetlari ro‘yxatiga O‘zbekistonning 10 ta oliy ta’lim muassasasi kiritildi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar bermoqda.
Ilk bor reytingga reporter maqomidagi universitetlar kiritilgan bo‘lib, ular agentlikning e’tirofiga sazovor bo‘lgan ta’lim muassasalari ichidan tanlab olingan. Bu ro‘yxatdagi 450 ta universitet o‘rinlar bo‘yicha emas, alifbo tartibida ko‘rsatilgan.
Ro‘yxatdan O‘zbekistonning 10 ta oliy ta’lim muassasasi joy olgan:
– O‘zbekiston milliy universiteti;
– Toshkent davlat yuridik universiteti;
– Toshkent moliya universiteti;
– Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti;
– Toshkent tibbiyot akademiyasi;
– Toshkent pediatriya tibbiyot instituti;
– Toshkent farmatsevtika instituti;
– Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti;
– Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti;
– Urganch davlat universiteti.
Reporter maqomidagi universitetlar dunyoning nufuzli ta’lim muassasalari ro‘yxati uchun nomzod sifatida tanlab olingan. Agentlik ularga yaqindan yordam berishga tayyor ekanini ma’lum qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi