2 295
O‘zbekistondagi 10 ta OTM dunyoning yetakchi universitetlari reytingiga kirish uchun tanlab olindi
Buyuk Britaniyaning Times Higher Education agentligi tomonidan tuzilgan dunyoning yetakchi universitetlari ro‘yxatiga O‘zbekistonning 10 ta oliy ta’lim muassasasi kiritildi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar bermoqda.
Ilk bor reytingga reporter maqomidagi universitetlar kiritilgan bo‘lib, ular agentlikning e’tirofiga sazovor bo‘lgan ta’lim muassasalari ichidan tanlab olingan. Bu ro‘yxatdagi 450 ta universitet o‘rinlar bo‘yicha emas, alifbo tartibida ko‘rsatilgan.
Ro‘yxatdan O‘zbekistonning 10 ta oliy ta’lim muassasasi joy olgan:
– O‘zbekiston milliy universiteti;
– Toshkent davlat yuridik universiteti;
– Toshkent moliya universiteti;
– Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti;
– Toshkent tibbiyot akademiyasi;
– Toshkent pediatriya tibbiyot instituti;
– Toshkent farmatsevtika instituti;
– Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti;
– Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti;
– Urganch davlat universiteti.
Reporter maqomidagi universitetlar dunyoning nufuzli ta’lim muassasalari ro‘yxati uchun nomzod sifatida tanlab olingan. Agentlik ularga yaqindan yordam berishga tayyor ekanini ma’lum qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim”
Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi
O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi?
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi (video)
Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi
Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi
Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi”