
O‘zbekiston Afg‘onistonda muvaqqat hukumat tuzilganini olqishlaydi. Bu haqda TIV rasmiy vakili bayonotida ta’kidlangan.
«Umid qilamizki, mazkur qaror mamlakatda keng ko‘lamli milliy kelishuvga erishilishi hamda mustahkam tinchlik va barqarorlik o‘rnatilishi tomon ilk qadam bo‘lib qoladi.
Afg‘onistonning yangi davlat idoralari bilan konstruktiv muloqot va amaliy o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga tayyorligimizni bildiramiz»,—deyiladi bayonotda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Afg‘oniston islom amirligi vakili Zabihullo Mujohid O‘zbekiston mustaqilligi munosabati bilan tabriknoma yuborgan edi.
O‘zbekiston Afg‘onistondaMuvaqqat HukumatTIV RasmiyMilliy KelishuvTinchlik BarqarorlikDavlat Idoralari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar