
Foto: Navoiy viloyati IIB axborot xizmati
Ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy viloyatidagi maktablardan birida dars payti jonli efir qilib, behayo so‘zlarni ishlatgan qizlarning videosi tarqaldi. Viloyati IIBning ma’lum qilishicha, qizlarning shaxsiga aniqlik kiritilgan.
Olib borilgan surishtiruv davomida ular Navoiy shahridagi 10-sonli maktab o‘quvchi qizlari — 2005 yilda tug‘ilgan J.A., T.J. va R.J. ekanligi aniqlangan. Holat 8 sentabr kuni huquq fani darsida tasvirga olingan.
Holat bo‘yicha ushbu maktab direktori, o‘quvchilarning ota-onalari, shuningdek, Navoiy shahar IIB XPB VЕB inspektor-psixologlari ishtirokida muhokama tashkil qilingan. Qizlarning aytishicha, bu shunchaki hazil tariqasida olingan. Ular qilgan ishidan chin dildan pushaymonligini bildirib, uzr so‘ragan.
Hozirda holat yuzasidan yig‘ilgan materiallar qonuniy chora ko‘rish maqsadida Navoiy shahar hokimligi huzuridagi Voyaga yetmaganlar komissiyasiga yuborilgan.
Ijtimoiy TarmoqNavoiy ViloyatiMaktab O‘quvchilariBehayo So‘zlarHuquq FaniMuammo Tahlili O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar