21:13 / 13.09.2021
2 216

1,3 mlrd. so‘mlik tovarlarni noqonuniy olib kirish rejasi fosh bo‘ldi

1,3 mlrd. so‘mlik tovarlarni noqonuniy olib kirish rejasi fosh bo‘ldi
Respublikamiz bojxonachilari tomonidan tovar-moddiy boyliklarning yurtimiz hududiga noqonuniy tarzda olib kirilishiga qarshi tizimli kurash olib borilmoqda.

Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan “Chuqursoy” bojxona posti xodimlari bilan hamkorlikda bojxona to‘lovlarini to‘lashdan bo‘yin tovlash maqsadida turli qing‘ir rejalar asosida yuk hujjatlarida noto‘g‘ri ma’lumotlarni ko‘rsatish orqali yirik miqdordagi tovarlarning noqonuniy kirib kelish holatiga chek qo‘yishdi.

Xorijdan bojxona postiga 2 ta yuk konteynerida og‘irligi 52 tonnadan ziyod yuk hujjatlariga ko‘ra “payvandlash elektrodlari” deya ko‘rsatilgan tovarlar “sariq” yo‘lak asosida rasmiylashtirilib, bojxona omboriga joylashtiriladi.

Ammo keyingi tekshiruvlar natijasida ushbu tovarlar orasida bojxona yuk deklaratsiyasi va yuk kuzatuv hujjatlarida umuman qayd etilmagan qiymati 1 mlrd 387 mln. so‘mlik 33,4 tonna burama mixlar borligi aniqlandi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, mazkur tovarlarga 475,8 mln.so‘m miqdorida bojxona to‘lovlari hisoblandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 1,3 mlrd. so‘mlik tovarlarni noqonuniy olib kirish rejasi fosh bo‘ldi