2 226
Bojxonachilar 3 kilogramm giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yishdi

Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli tarzda kurash olib borilmoqda.
Xususan, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari bilan hamkorlikda Bo‘ka tumani hududida tezkor tadbir o‘tkazishdi.
Bo‘ka tumanida o‘tkazilgan tadbir davomida fuqaro K.R. boshqaruvidagi “Lacetti” rusumli avtotransport vositasi belgilangan tartibda to‘xtatilib, unda yo‘lovchi sifatida harakatlanib ketayotgan fuqaro Ye.A. ko‘zdan kechirildi.
Tekshiruv davomida avtomashina yo‘lovchi o‘rindig‘ining pastki qismida, qora rangli sellofan paketda 1 dona o‘ramda sof og‘irligi 1000,2 gramm bo‘lgan “Gashish” giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi.
Tezkor tadbir davom ettirilib, fuqaro Ye.A.ning ko‘rsatmasiga binoan “Bekobod-Bo‘ka” magistrali beton to‘siqlari yaqinidagi shifer ostida ko‘mib qo‘yilgan, qora rangli sellofan paket ichida 2 dona o‘ramda sof og‘irligi 2000,7 gramm bo‘lgan “Gashish” giyohvandlik vositasi yashirilganligi aniqlandi.
O‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida umumiy og‘irligi 3000,9 gramm bo‘lgan “gashish” giyohvandlik vositalari ashyoviy dalil sifatida olindi. Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar