Buguni kunda xalq bilan bevosita muloqotda bo‘ladigan barcha toifadagi soha vakillari 1 sentabrga qadar vaksinaning 1-dozasi, 1 oktabrga qadar 2-dozasi (o‘zbek-xitoy vaksinasi bo‘lsa, 1 noyabrgacha 3-dozasi) bilan to‘liq emlangan bo‘lishlari kerak. Bu haqda AOKAda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Botir Qurbonov ishtirokida o‘tkazilgan brifingda ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, agar qaysidir muassasa, korxona xodimi ko‘rsatilgan tartibda vaksina olmagan bo‘lsa, mehnat qonunchiligiga mos ravishda ushbu shaxs bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bir tomonlama bekor qilinishi belgilab qo‘yilgan. Shu tariqa tashkilot rahbari jamoa orasida kasallik tarqalishining oldini olishga mas’ul hisoblanadi.
O‘zbekistonda shu kunga qadar qo‘llanilgan vaksinalarning:
79 foizi — ZF-UZ-VAC2001,
14 foizi — Moderna,
5 foizi — AstraZeneca,
2 foizi — Sputnik V vaksinasi hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin
Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi?
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi guruh bosqichidagi 2 o‘yinini “PSJ” stadionida o‘tkazadi
Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi
Tarixdagi eng mashhur ikki tomonlama josuslar