18:30 / 14.09.2021
1 967

Surxondaryoda sportchiga suiqasd uyushtirgan shaxslarga nisbatan qo‘zg‘atilgan ish sudga oshirildi

Surxondaryoda sportchiga suiqasd uyushtirgan shaxslarga nisbatan qo‘zg‘atilgan ish sudga oshirildi
Surxondaryoda sportchining bir necha kishi tomonidan kaltaklangani tasvirlangan video tarqalgandi. Shundan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda «Sportchi yigitning onasi Prezidentga murojaat qildi» nomli videoxabar paydo bo‘ldi. Holat yuzasidan Bosh prokuratura ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, Surxondaryo viloyati Denov tumanida 2021 yil 28 may kuni bir nafar sportchiga qarshi 4 ta avtomashinada (Nexia, Cobalt, Spark va «Jiguli») kelib sovuq qurol hisoblangan o‘tkir tig‘li pichoq, qilich, bita va boshqa turli xil inson tanasiga og‘ir tan jarohati yetkazuvchi asboblar bilan hujum qilingan. O‘zini himoya qilishga majbur bo‘lgan sportchi og‘ir tan jarohati olgan.

Videoda ko‘rsatilgan holatlar yuzasidan 2021 yil 29 may kuni Denov tumani IIB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilgan.

Tergov davomida 4 nafar shaxs Jinoyat kodeksining 277-moddasi, 1 nafar shaxs ushbu kodeksning 104 (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish), 277-moddalari bilan ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, barchasiga qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Tergov harakatlari tamomlanib, 5 nafar shaxsga nisbatan bo‘lgan jinoyat ishi 2021 yil 9 sentabrda mazmunan ko‘rib chiqish uchun jinoyat ishlari bo‘yicha Denov tuman sudiga yuborilgan.

Shuningdek, jinoyat ishining 2 nafar ayblanuvchilarga nisbatan bo‘lgan qismi alohida ish yurituviga ajratilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Surxondaryoda sportchiga suiqasd uyushtirgan shaxslarga nisbatan qo‘zg‘atilgan ish sudga oshirildi